AsosiyJamiyat

Yangiqo`rg`on va Termiz tumanlaridagi ikki bankda imtiyozli kredit mablag`lar o`zlashtirilgani aniqlandi

'Yangiqo`rg`on va Termiz tumanlaridagi ikki bankda  imtiyozli kredit mablag`lar o`zlashtirilgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“Y.O.” MChJ rahbari S.M. “Agrobank” Yangiqo`rg`on filiali mas`ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali “chorvachilik” yo`nalishida 8 nafar fuqaro nomiga ularning xabardorligisiz kredit ajratilishiga erishib, 260,2 mln so`m imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, AT “Xalq bank” Uchqizil filiali bo`limi boshlig`i Sh.T. 4 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etib, qalbaki muhr va shtampdan foydalanish orqali “Hunarmand” boshqarmasidan tegishli tavsiyanomani olishga erishib, jamg`arma mablag`lari hisobidan ajratilgan 132 mln so`m imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar