AsosiyJamiyat

2022 yilda Buxoro shahrida Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali o`tkaziladi

'2022 yilda Buxoro shahrida Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali o`tkaziladi'ning rasmi

 “Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivalini o`tkazish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, 2022 yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali o`tkaziladi.  

Festival 2022 yil 21–25 may kunlari va uning doirasida “An`anaviy zardo`zlik va zargarlik san`atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.

 Shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmog`i vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro ko`rgazma-savdosi o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar