Chilonzorda "Matiz" hamda "Kobalt" rusumli avtomobillar to`qnashdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar qildi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 1 may kuni soat 12:30larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko`chasida "Matiz" hamda "Kobalt" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lib, transport vositalari ag`darilgan.
Natijada, "Kobalt" rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo`lovchisiga hamda "Matiz" rusumli avtomobilning ikki nafar yo`lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to`qnashuv yuzaga kelish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.






