Ma`lumot berilishicha, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to`plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi.
- Ba`zi shaxslarga O`zbekiston fuqaroligi beriladi.
- O`simlik yog`i importiga QQS bekor qilinadi va ushbu mahsulotga nisbatan eksport boji joriy etiladi.
- Ijarada yashaydigan talabalarga ijara to`lovining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
- «Ijtimoiy himoya yagona reestri» ATda ro`yxatga olingan fuqarolarning kreditlari bo`yicha kafillik beriladi.
- Byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.
- ️ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tuzilmasi maqbullashtiriladi.
- Byurokratik to`siqlarni qisqartirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar joriy etiladi.
- Ekologik xavfli mahsulotlar majburiy sertifikatlashtiriladi.
- Qurilish sohasida elektron texnik pasportlar joriy etiladi.






