Bugundan Qashqadaryoda katta sport bayramiga start berildi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.
Qarshi shahridagi "Geolog" sport sog`lomlashtirish majmuasida "temir daftar"ga kiritilgan yoshlar va mehnat muhojirlari (migrant) o`rtasida "Kelajak yoshlari" futbol musobaqasi bo`lib o`tdi.
Bu musobaqaning o`ziga xosligi shundan iborat bo`ldiki, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi birinchi o`rinbosari Ravshan Irmatov ham yoshlar bilan birgalikda maydonda to`p tepdi.
Ko`tarinki ruhda o`tkazilgan futbol shou musobaqasida ishtirok etgan jamoa yoshlari tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishdi.






