AsosiyJamiyat

Chinozda "Damas" haydovchisi YPX inspektorining radar o`rnatilgan "Neksiya-3"ini "pachoqladi"

'Chinozda "Damas" haydovchisi YPX inspektorining radar o`rnatilgan "Neksiya-3"ini "pachoqladi"'ning rasmi

️Joriy yilning 2 may kuni soat 13:15larda, Toshkent viloyati, Chinoz tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining 862-kilometrida, haydovchi, 1981 yilda tug`ilgan R.A. "Damas" rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo`lning o`ng tomonida, yo`l yoqasida to`xtab turgan, Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektori N.Yuldashevga biriktirilgan "Neksiya-3" rusumli, tezlikni o`lchovchi moslamalar bilan jihozlangan avtomobilning orqa tomoniga borib urilib, YTH sodir etgan. Bu haqda  Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.   

️Natijada, "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.  

️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar