O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonning barcha hududida havo kam bulutli va quruq bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° gacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29-31° ni tashkil etadi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° bo`ladi.






