O`zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan beg`araz konsert dasturida yo`l qo`yilgan g`arazli provokasiyani keskin qoralaydi. Bu haqda partiya rahbari Alisher Qodirov yozmoqda.
«Biz san`atga qarshi emasmiz, san`atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz.
Taraqqiyparvar o`zbek ziyolilari va oqko`ngil ajdodlarimizning qoniga bo`yalgan bosqinchi sovet davlati bayrog`ini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland ko`tarilishini o`zbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz.
O`zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan beg`araz konsert dasturida yo`l qo`yilgan g`arazli provokasiyani keskin qoralaydi.
Bosh Prokuraturadan bu provokasiyaga tegishli baho berilishini kutib qolamiz», deydi deputat.






