Bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda "4 may, tungi soat 00:00 dan boshlab, Qarshi shahriga kirish-chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va engil avtotransport) to`xtatiladi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Aslida bu xabar 2020 yil 27 mart kuni e`lon qilingan.
Shu o`rinda, aholini tashvishga soladigan bu kabi yolg`on xabarlarni tarqatishda uning oqibatlari nimalarga olib kelishini ham o`ylab ko`rish maqsadga muvofiqdir.
"Hurmatli fuqarolar! Karantin cheklovlari bo`yicha xabarlarni yurtimizning rasmiy manbalari orqali kuzatib borishingiz so`raladi" deyiladi vazirlik xabarida.






