Buvayda tumanida 1 may kuni fuqaro Q.A. “Nexia-2” rusumli avtomashinasini O`rtaqo`ng`irot qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan elektro skuter bilan to`qnashgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Oqibatida skuter yo`lovchilari voyaga etmagan N.R. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan hamda G`.A. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligini unutmang!






