AsosiyJamiyat

O`zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

'O`zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga muvofiq, joriy yil 2 may kuni Turkiya Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo`lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.

Turkiyaga insonparvarlik yordamini yuborish to`g`risida qabul qilingan Hukumat farmoyishiga asosan “Uzbekistan Airways” tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona etkazib berildi.

Mamlakatlarimiz koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.  

Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida Turkiyaga shunday og`ir kunlarda ko`rsatilgan yordam O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi qardoshlik munosabatlari yuqori darajada ekanidan dalolatdir.

    Boshqa yangiliklar