AsosiyJamiyat

Shayxontohur tumanida sug`urta agenti tomonidan sug`urta polislari o`zlashtirildi

'Shayxontohur tumanida sug`urta agenti tomonidan sug`urta polislari o`zlashtirildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan “A.” MChJning murojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

YaTT A.N. tomonidan agentlik shartnomasiga asosan olingan qat`iy hisobda turuvchi 4 200 dona sug`urta polis blanklarini 342,8 mln so`mga sotib yuborib, sotuvdan tushgan tushumni jamiyat hisob raqamiga o`tkazmasdan, o`zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar