AsosiyJamiyat

Homilador ayol 8 oylik go`dagidan mahrum qilinib, qamoqqa olindi

'Homilador ayol 8 oylik go`dagidan mahrum qilinib, qamoqqa olindi'ning rasmi

Aynan shu sarlavha ostida joriy yil 29 aprel uni ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat e`lon qilindi. 

Unda Samarqand shahridagi tumanlararo pochta bog`lanmasi operatori lavozimida ishlab kelgan Anora Rajabova va bog`lanmaning qator boshqa xodimlari 2018 yilning 6 oyi mobaynida 743 mln. so`m miqdordagi pul mablag`larini talon-toroj qilganlikda aydor deb topilib, jazolangani to`g`risida fikr yuritilgan. Murojaatda A. Rajabovaga qo`yilgan barcha ayblarni qayta ko`rib chiqish lozimligi ta`kidlanadi.

Jumladan, tarqalgan ma`lumotlarga ko`ra, sud A. Rajabovani 8 oylik farzandi borligi va hozirda yana homilador ekanligini inobatga olmay, 5 yilu 2 oy muddatga qamoq jazosi tayinlagan, deb hisoblaydi.

Hozirda fuqaroning murojaati yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy sudiga Senatning so`rovnomasi yuborilgan. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda masalani atroflicha o`rganib, natijalari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali axborot beradi.

    Boshqa yangiliklar