AsosiyJamiyat

"Oltin qalam — 2021": Internet jurnalistikasida g`oliblar kim?

'"Oltin qalam — 2021": Internet jurnalistikasida g`oliblar kim?'ning rasmi

Xabar berganimizdek, bugun, 3 may kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun XV tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. 

"Eng yaxshi jurnalistik material uchun" nominasiyasi bo`yicha birinchi o`ringa "kun.uz" internet sayti muxbiri Abror Zohidov internet tarmog`ida mamlakatimiz hayotining turli sohalaridagi islohotlar tezkor va tahliliy yoritilgan materiallari uchun loyiq topildi.

Ikkinchi o`ringa O`zA bosh muharriri Abdujalol Taypatov ijtimoiy-ma`naviy mavzudagi materiallari uchun munosib ko`rildi.

Uchinchi o`rin Nuz.uz internet nashri muxbiri Oliya Taishevaga dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun berildi

    Boshqa yangiliklar