1

Toshkentda avtomobillarni “shilib” yurgan guruh fosh etildi

Jinoyat 01.03.2016, 14:51
Toshkentda avtomobillarni “shilib” yurgan guruh fosh etildi

Shaharning jinko`chalarida tunda nimalar bo`lmaydi deysiz? Ko`chalarni tunda nazorat qiladigan patrul xizmati xodimlari buni juda yaxshi bilishadi. Shunday tunlarning birida Buyuk Ipay Yo`li maydoniga qarashli hududni ko`zdan kechirayotgan patrul xizmati xodimlarining e`tiborini ko`chada “sayr” qilayotgan uch yigit tortdi…

TUN QO`YNIDAGI  UChOVLON 

Tungi soat ikki bu yigitlar nega ko`chada izg`iyapti? Buning ustiga ularning ikki nafari voyaga etmagan. Mastmikan? Yo`q, mastga ham o`xshamaydi. Ichki ishlar xodimlari ularni to`xtatishdi. So`roqqa tutishdi. Yigitlarning harakatlari bejo, javoblari ham poyintar-soyintar… Ularni uchastkaga surishtiruv uchun olib ketishga to`g`ri keldi…

Agar ularni o`sha kecha PPX to`xtatib qolmaganida, hali-beri tuman tergovchilari Toshkent bo`ylab amalga oshirilayotgan tushunarsiz avtomobil o`g`riliklarni fosh eta olmasdi.

O`G`RILAR IZIDAN

Patrulni davom ettirayotgan ichki ishlar xodimlari  Mirzo Ulug`bek ko`chasida old o`ng oynasi sindirilgan «Damas» mashinasini ko`rib qolishdi. Keyinroq uning egasi Ilgiz bilan suhbat chog`ida aniqlanishicha, mashinadan qiymati 20 ming so`m bo`lgan asboblar o`g`rilangan. 

O`sha kechaning o`zida milisiya xodimlari xuddi shunday tartibda talon-taroj qilingan  yana uchta avtomobilni topishdi.  Xuddi shunday ahvolga tushgan «Hyundai Veracruz» ham yaqin atrofda turgan ekan. O`ylab ko`rish uchun arzirli sabab bor. Pul yoki qimmatli narsalar o`marilganda, ular ishlatiladi yoki sotiladi, ammo o`g`rilar uchun hujjatlarni o`g`rilash nimaga kerak bo`ldi? Bu holat o`ylab ko`rishga chorlaydi. Tabiiyki, nima uchun degan savol tug`iladi? 

Buyuk Ipak Yo`li ko`chasida oynasi siniq «Kaptiva» topildi, u erdan narxi 80 ming so`m bo`lgan ayollar atiri o`g`rilangan. 

Ehtimol o`g`ri  uni o`z ma`shuqasiga sovg`a qilmoqchi bo`lgandir, biroq buning uddasidan chiqolmadi, atirni uchastkada topshirishiga to`g`ri keldi. 

TANIShING, “DEBYuTANT”LAR

Darvoqe, ushbu jinoyat tarixining qahramoni ismi Viktor Pipkin. Uning ikkita voyaga etmagan “shogirdi” ham bor:  Aziz Yunusxo`jaev va Yan Meylun. Ehtimol, ular o`sha qish kechasida  javobgarlikdan qochishlari ham mumkin edi, ammo omad ulardan yuz o`girdi: ular patrul xodimlariga duch kelishdi.

Darvoqe millisiya qo`liga tushishdan sal avval ular «Toyota Korolla» avtomobilini to`nab, o`z cho`ntaklarini  100 ming so`mga qappaytirishgandi.

PIPKIN O`Z GAPIDA TURIB OLDI

So`roq paytida bolalar o`z ko`rsatmalarida juda qat`iy turib olishdi. «Hech nima bilmaymiz, shunchaki toza havoda aylanib yurgandik, endi uyga qaytayotgandik...». Jinoyat joyida bo`lgan krimminalist-ekspertning arizasi yordamida ularning bu strategiyasi ish bermadi, sababi o`g`rilik sodir etilgan avtomobillardagi barmoq izlari muqaddam sudlangan Pipkinga tegishli bo`lib chiqdi. Endi yashirishdan foyda yo`q, Viktor barchasini tan oldi. Qolgan ikki yigit endi biror nima yashirganidan naf yo`q…

«TO`PLAMDA» 20 TA JINOYaT

Aniqlanishicha, voyaga etmagan Aziz va Yan bu «ishga» ilk bor qo`l urishgan. Qolgan vaqt Viktor Pipkin yolg`iz «ishlagan». Bu jinoiy faoliyat nafaqat Mirzo Ulug`bek tumanida, balki Chilonzor, Shayxontohur, Yashnobod va boshqa tumanlarda ham sodir etilgan. Hammasida avtomobil oynalari sinib, ayrim hollarda qulf buzilgan. Umumiy hisobda 20 dan ortiq epizod, ular orasida Saudiya Arabistoni fuqarosiga tegishli «BMV» avtomobili ham bor (Pipkin o`zidan faxrlanadigan ish). Faqat o`g`ri bu mashinadan hech narsa ololmagan. Shunchaki ulgurmagan, qochishga zo`rg`a ulgurgan xolos. Ammo bu buzg`unchilik avtoo`g`rining o`ziga nisbatan hurmatini oshirdi. U o`zini tutqich bermas “mahoratli” o`g`ri deb faraz qilardi. Ammo ip qancha aylanmasin, baribir tugaydi…

“EChKI QASAM”

Kim ham o`ylabdi deysiz, bu o`g`riliklarning ortida 18 yoshli Viktor turibdi deb. Yosh bo`lishiga qaramay u bundan oldin ham firibgarlik uchun sudlangan lekin tomonlarning yarashuvi sababli javobgarlikka tortilmagan. Biroq Viktor bo`lgan voqeadan xulosa chiqarmagan. Tergov davomida u bir necha bor quyidagi so`zlarni ta`kidladi: «Qamoq menga to`g`ri kelmaydi. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa hech qachon bunday ishga qo`l urmayman. Afsusdaman, va`da beraman, qasam ichaman…».

JINOYaTNING ILDIZI BOLALIKKA BORIB TAQALADI 

Pipkin o`sha paytlarda erkinlikda nimalar bilan shug`ullanmoqchi ekanligini bilganmikin? Nima sababdan u ikkinchi bor yana  jinoyatga qo`l urdi? Avtomobildan o`marilgan qimmatli narsalar bilan hujjatlar unga nega kerak bo`ldi?  Bularning hammasi sirligicha qoldi. Vaziyatga bolaning onasi aniqlik kiritdi. Ayol to`ng`ich o`g`lining taqdiriga bee`tibor. Ehtimol, onaning mehri etishmaganligi sababli o`smir o`ziga bo`lgan e`tiborni boshqa yo`llar bilan jalb qilmoqchi bo`lgandir?

Viktorning onasi xotirjamlik bilan tergovchining xonasiga kirdi, o`g`lining qilmishlarini pinagini buzmay tingladi va “agar aybdor bo`lsa — jazosini olsin” dedi qisqa qilib. Milisiya xodimlari Viktor ayolning birinchi nikohidan ekanligini, hozirda esa ayolning boshqa oilasi borligini bilardi. 

Endi tomonlar kelishuvi haqida gap-so`z bo`lishi mumkin emas, Pipkin baribir qamoq jazosiga hukm qilindi. Endi yigitchaning  bir necha yillik umri panjara ortida o`tadi.  

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bilan hamkorlikda 

O. FOZILOVA tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1