AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarini qoniqarsiz deb baholadi

'Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarini qoniqarsiz deb baholadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 3 may kuni yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo`lib o`tadigan mazkur nufuzli musobaqaga sportchilarimizni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab o`quv-mashg`ulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha sportchilarimiz yozgi Olimpiya o`yinlariga 41 ta, Paralimpiya o`yinlariga 16 ta yo`llanma olgan.

Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga tayyorgarlik holati tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholandi. May-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yo`llanmalarni qo`lga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qo`llab-quvvatlash zarurligi ta`kidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama rag`batlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Federasiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi bo`yicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

Boshqa yangiliklar