AsosiyJamiyat

#Ramazon-2021. Ramazon qo`shig`ini aytib, uyga ehson so`rab kelganlarga biror narsa berish kerakmi?

'#Ramazon-2021. Ramazon qo`shig`ini aytib, uyga ehson so`rab kelganlarga biror narsa berish kerakmi?'ning rasmi

Ramazon oyida Ramazon qo`shig`ini aytib uyga ehson so`rab kelganlarga biror narsa berishimiz kerakmi yoki bermagan ma`qulmi?

Ushbu savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi:

- Bismillahir Rohmanir Rohim.

Agar yosh bolalar xush xabar sifatida aytishayotgan bo`lsa ularni xursand qilib qaytarishning zarari yo`q. Ammo ishlashga qodir, yoshi katta, sog`-salomat insonlarning tilamchilik qilishi shariatimizga nomuvofiqdir. Vallohu a`lam.

    Boshqa yangiliklar