AsosiyJamiyat

Namangan barcha hokimliklari “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qilgan Respublikadagi birinchi viloyat bo`ldi

'Namangan barcha hokimliklari “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qilgan Respublikadagi birinchi viloyat bo`ldi'ning rasmi

Adliya vazirligi Ishchi guruhi ko`magi bilan Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov va barcha tuman (shahar) hokimliklari “E-qaror” elektron tizimi orqali bir vaqtning o`zida real vaqt rejimida, hech qanday qog`ozbozliklarsiz o`zlarining birinchi elektron ko`rinishdagi qarorlarini qabul qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 

O`tgan haftada Adliya vazirligi Ishchi guruhi viloyatda qator amaliy ishlarni olib borib, bu borada viloyatdagi barcha hokimliklar va tashkilotlarining soha bo`yicha tegishli mas`ullari ishtirokida seminar tadbiri o`tkazildi.

Ta`kidlash kerakki, yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlar to`g`ridan to`g`ri “E-qaror” tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, noqonuniy hujjatlar qabul qilinishini oldini olish, hokimliklar faoliyati ochiq va oshkoraligini ta`minlash, sohaga zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro`yxatdan o`tkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro`yxatdan o`tkazishning yagona elektron — “E-qaror” 2021 yilning yanvar – may oylarida Qashqadaryo viloyatida aprobasiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o`tkazilishi, 2021 yil 1 iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoniga asosan 2021 yil 1 iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni faqatgina maxsus «E-qaror» elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyoti yo`lga qo`yish belgilangan.

«E-qaror» elektron tizimini respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarimizning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtiroki ta`minlanadi, hokimliklar faoliyati va ish yurituvi shaffoflashadi, hokimliklar tomonidan fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo`lishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma`muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar o`rnatilishi oldi olinadi.

 

    Boshqa yangiliklar