AsosiyJamiyat

Sirdaryoda noqonuniy “xujra” tashkil etgan ovsinlar aniqlandi

'Sirdaryoda noqonuniy “xujra” tashkil etgan ovsinlar aniqlandi'ning rasmi

Kecha, 3 may kuni Sirdaryo viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston shahrida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan B.N. va uning ovsini 1984 yilda tug`ilgan I.M hech qanday rasmiy diniy ma`lumotga ega bo`lmasdan turib, 9 nafar voyaga etmagan maktab o`quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga “xujra” sifatida noqonuniy diniy ta`limdan dars berib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur voyaga etmagan o`rta maktab o`quvchilari pandemiya sababli onlayn tarzga o`tkazilgan darslarga ishtirok etmasdan, muntazam ravishda yashirin “xujra”da diniy saboq olib kelganlar.

Bundan tashqari, ushbu “xujra”da ta`lim bergan I.M ning uyali telefon apparati mutaxassis va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, uning xotirasida noma`lum shaxslarning diniy ma`ruzalari mavjudligi aniqlanib, dinshunoslik ekspertizadan o`tkazish uchun rasmiylashtirib olindi.   

Mazkur holatlar yuzasidan, ichki ishlar organlari tomonidan mavjud qonunchilik doirasida tegishli choralar ko`rish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar