AsosiyJamiyat

Hozirgi kunda qo`llanilayotgan vaksinalar eng xavfli bo`lgan afrikancha shtammga ham samaralimi? Mutaxassis aniqlik kiritdi

'Hozirgi kunda qo`llanilayotgan vaksinalar eng xavfli bo`lgan afrikancha shtammga ham samaralimi? Mutaxassis aniqlik kiritdi'ning rasmi

Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi.

➖Bugungi kunda ishlab chiqilgan vaksinalar birlamchi paydo bo`lgan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan.  

Vaksinalar aynan birlamchi koronavirus infeksiyasiga qarshi bo`lsa-da, britancha shtammga ta`sir etayotgani haqida ma`lumotlar mavjud.  

Lekin, afrikancha shtamm o`ziga xos kechuvi, dori vositalariga turg`unligi va vaksinasiyaning bu shtammga ta`siri bugungi kunda o`rganish jarayonida.

Ba`zi olimlar taxminiga ko`ra afrikancha shtamm ba`zi bemorlarda dori vositalarga turg`unligi kuzatilayotgan bo`lsada, vaksinasiya olganlarda u shtamm bilan kasallansalar, kasallikni engil kechuvini o`tishiga erishish mumkin.  

 

    Boshqa yangiliklar