Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Qahramonovich Yusupaliev koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlandi.
– Yuqumli kasalliklar bo`yicha eng samarali profilaktika bu — vaksinasiya, aholini ommaviy emlash hisoblanadi. Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmay qolmayapti. Shu sababli yurtimizda aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana bugun men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o`zim, oila a`zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin. Shu o`rinda SOVID-19 vaksinasi pandemiyadan chiqishning yagona yo`li ekanligini ta`kidlamoqchi edim.






