O`zbekiston kinematografiya agentligi "Yoshlik" kinostudiyasi DUK tomonidan “O`zbekiston yosh kinematografistlar assosiasiyasi” tuzildi. Bu haqda agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
3-7 may kunlari O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston kinematografiya agentligi hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” mediahaftaligida yangi tashkil etilgan “O`zbekiston yosh kinematografistlar asssosiasiyasi” faoliyati bo`yicha muhokamalar bo`lib o`tdi.
Bunda O`zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Yoshlik” kinostudiyasi DUK, “O`zbekfilm” DUK xodimlari, pedagoglar, mutaxassislar hamda yosh kinoijodkorlardan iborat qator vakillar ishtirok etdi.
Muhokamada yangi tashkil etilayotgan nodavlat notijorat tashkilotning ijodiy, moliyaviy, tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Qator taklif va mulohazalar o`rtaga tashlandi.






