AsosiyDunyo

Ilon Mask har bir uyni elektr stansiyasiga aylantirmoqchi

'Ilon Mask har bir uyni elektr stansiyasiga aylantirmoqchi'ning rasmi

Tesla bosh direktori Ilon Mask har bir uyni kompaniya mahsulotlaridan foydalangan holda, energiya ishlab chiqaradigan, saqlaydigan va qayta tarmoqqa etkazib beradigan, ya`ni taqsimlangan elektr stansiyasiga aylantirmoqchi.

Ushbu kompaniya ko`p yillardan buyon quyosh batareyalari va energiya zaxiralarini sotish bilan shug`ullanib keladi. Shu bois, kompaniya quyosh energiya zaxiralari mahsulotlari bilan birgalikda sotish bo`yicha yangi siyosiy kommunal xizmatlarni yo`lga qo`yishi mumkin.

«Bu Tesla uchun ham, kommunal xizmatlar uchun ham rivojlanishning yangicha omili hisoblanadi. Agar mazkur strategiya bajarilmasa, kommunal xizmatlar o`z mijozlariga servis ko`rsatishda oqsaydi», – dedi Mask. So`ngra, u o`tgan yozda Kaliforniyada elektr energiyasining tez-tez tarmoqdan uzilishi va bu jiddiy muammo ekanini aytgan.

Kompaniya o`z siyosatini o`zgartirdi. Endi mijozlar alohida quyosh batareyasini yoki uning «Powerwall» energiya yig`ish qurilmasini sotib olmaydilar, butun bir tizim olinadi. Mask tvitterdagi bayonotida, quyosh energiyasi faqat «Powerwall»ga etkazib beriladi va uyning asosiy to`sar paneli o`rtasida aloqa o`rnatishi haqida ta`kidlagan. Bu elektr tarmoqdan uzilganda butun uyni tarmoq bilan ta`minlab turadi.

Darhaqiqat, Ilon Mask tarmoq markazlari tomonidan boshqariladigan Kaliforniya mustaqil tizim operatori va Texas elektr energiyasi ishonch kengashi tashkilotlari orqali nazorat qilinadigan tarmoq tizimini nazarda tutmoqda.

Ushbu jarayon byurokratik va logistik muammolar bilan bog`liq munozaralarga oydinlik kiritishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar