AsosiyMadaniyat

Media-haftalik: yosh kinoijodkorlar grantlar bilan taqdirlanadi

'Media-haftalik: yosh kinoijodkorlar grantlar bilan taqdirlanadi'ning rasmi

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan bir qator hamkor tashkilotlar ko`magida 3-7 may kunlari o`tkazilayotgan “Yangi O`zbekiston – yangi nigoh” media-haftaligi davom etadi.

Bugun, kechki dastur bo`yicha soat 18:00 da Kinematografiya agentligining yosh kinoijodkorlarini taqdirlash, pitching jarayonida tanlab olingan va «Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»ga bag`ishlangan yoshlar uchun filmlar yaratish bo`yicha grantlarni taqdim etish marosimi bo`lib o`tadi.  

Yosh kinorejissyor Mahliyo Asqaralievaning “Galdir” (“Lola, quyosh va men”) qisqa metrajli filmi premera qilinadi. Mazkur film agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan.  

Ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, g`oya muallifi va postanovkachi rejissyor Mahliyo Asqaralieva, postanovkachi operator Iste`dod Usmonov, liboslar bo`yicha rassom Feruza G`iyosova, kartina direktori Mahmudali Guseyinov.

Kinokartina psixologik drama janrida bo`lib, Oftob ismli dizayner qizning hayotida yuz bergan qiziqarli voqealar haqida hikoya qilinadi. Premeraga film ijodkorlari ham taklif etilgan.  

Premeradan so`ng, taniqli estrada va kino yulduzlari ishtirokida shou-konsert dasturi o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar