AsosiySport

Para akademik eshkak eshish: hamyurtimiz Osiyo-Okeaniya mintaqaviy saralash musobaqasi finaliga yo`l oldi

'Para akademik eshkak eshish: hamyurtimiz Osiyo-Okeaniya mintaqaviy saralash musobaqasi finaliga yo`l oldi'ning rasmi

Shu kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida para akademik eshkak eshish bo`yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlariga yo`llanma beruvchi Osiyo-Okeaniya mintaqaviy saralash musobaqasi bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston paralimpiya terma jamoasi a`zolari ham ishtirok etmoqda.

Bugun PR1m1x klassida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Xolmurod Egamberdiev yarim final bosqichida bahs olib bordi. Quvonarlisi, sportchimiz Tailand, Hindiston hamda Shri-Lanka vakillariga qarshi kechgan bahsda belgilangan masofani 13.37 daqiqa ichida bosib o`tdi va marraga 1-o`rin bilan etib keldi.

Ertaga Xolmurod hal qiluvchi final bahsida o`z omadini sinab ko`radi. Hamyurtimizga omad tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar