“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi doimiy raqibi hisoblangan “Real” a`zosi Krishtianu Ronaldu bilan o`zaro munosabati haqidagi fikrlar bilan o`rtoqlashdi.
“Biz professional futbolchilarmiz. O`z klubimiz sharafini himoya qilamiz va faqatgina maydonda raqibmiz. Ba`zida uning, ba`zida esa mening to`p surayotgan jamoam g`alaba qozonadi. Men Ronalduni shunchaki hurmat qilaman, bundan ortiq emas.
Shaxsiy rekordlarga kelsak, ular meni umuman qiziqtirmaydi. Chunki, rekordlar sovrin olib kelmaydi Milliy terma jamoa bilan yutuqlarga erishishni istayman”, — deydi argentinalik iqtidor egasi.





