«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani Evropa Ligasi yarimfinali doirasida «Roma»ga (2:3) qarshi javob o`yinida dublga erishdi.
Urugvaylik 34 yoshli futbolchi Manchesterdagi bahsda ham (6:2) Rim klubiga ikki gol urgandi.
UEFA rasmiy saytining ma`lum qilishicha, Kavani so`nggi 35 yilda evrokuboklar yarimfinalidagi har ikki o`yinda dublga erishgan birinchi futbolchiga aylandi.
Oxirgi bor bunday natijani 1985/86 yilgi UEFA Kubogida «Kyoln» hujumchisi Klaus Allofs «Varegem» (4:0, 3:3) bilan bahslarda qayd etgandi.






