O`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Qozog`iston Superkubogi bahsini boshqarib borishi ma`lum bo`ldi.
2016 yilning 8 mart kuni Ostona shahrida joylashgan “Ostona-Arena” stadionida Qozog`iston Superkubogi uchun “Ostona” va “Qayrat” jamoalari o`zaro bahs olib boradi. Unda, o`zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi.
Eslatib o`tamiz, Ravshan Ermatov Globe Soccer Awards talqini bo`yicha 2015 yilning eng yaxshi hakami bo`lgandi.





