Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresdan o`zini transferga qo`yish haqida iltimos qildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, portugaliyalik futbolchi “Atletiko”ga qarshi (0:1) kechgan o`yindan so`ng Peresdan o`zini transferga qo`yishni so`ragan. Klub prezidenti esa uni tinchlantirib, bu haqda o`ylamasligini aytgan.
Shuningdek, Serxio Ramos ham boshqa jamoalardan kelayotgan takliflar ko`rib chiqilishini so`ragan. Ya`ni, u ham jamoadan ketish istagini bildirgan.
Avvalroq, Isko va Xames Rodriges yozda transferga qo`yilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.





