AsosiyMadaniyat

Madaniyat vazirligida "Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi g`olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi

'Madaniyat vazirligida "Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi g`olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

“Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi g`olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi 8 may kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi “Xalq cholg`ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg`unboeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko`rik-tanlovlarini o`tkazish to`g`risida”gi 237-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbek Milliy Maqom san`ati markazi, Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati instituti hamkorligida yurtimizda yosh maqom ijrochilarining iste`dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, o`zbek musiqa ijrochilik san`atini yanada yuksak darajaga ko`tarish, milliy maqom san`atini dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni kashf etish, rag`batlantirish va ularning ijodini targ`ib etish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi o`tkazildi.

Mazkur tanlovda ishtirok etish niyatida bo`lgan 20 dan 35 yoshgacha jami 100 nafardan ortiq nomzodlarning hujjatlari tashkiliy qo`mitaga kelib tushdi. Shundan, 60 nafar sozanda, 35 nafar xonanda, 5 ta maqom ansambllari ishtirok etishga tavsiya etildi.

Ishtirokchilar soha mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan uchta bosqich uchun ijro dasturi asosida o`z san`atlarini namoyish etdilar.

Joriy yilning 29 aprel sanasida Yunus Rajabiy nomidagi O`zMMSI binosida Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovining tantanali ochilish marosimi hamda tanlov ishtirokchilari o`rtasida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

3 may kuni esa tanlovning Hakamlar hay`ati a`zolari bilan ijodiy uchrashuv va mahorat darslari o`tkazildi.

Boshqa yangiliklar