2021 yil 10 may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atida Sardoba suv ombori o`pirilishi bilan bog`liq sudlanuvchilarga sud hukmi o`qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
M. Xolmatov (“O`ztemiryo`lqurilishmontaj” UK bosh direktorining o`rinbosari – Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi boshlig`i lavozimida ishlagan),
S. Rudnev (“UzGIP” MChJ Istiqbolli loyihalarni rejalashtirish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan),
S. Abdunazarov (“Sirdaryo suv qurilish invest” DUK rahbari lavozimida ishlagan),
B. Asadov (“TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “To`palang Sherobod” ShK) UK rahbari lavozimida ishlagan),
L. Tojiddinov (“TO’PALANG HDP IRRIGATION SYSTEMS” (sobiq “To`palang Sherobod” ShK) UK ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan),
K. Ro`ziev (“TO’PALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK direktori lavozimida ishlagan),
A. Shukurov (“TO’PALANG HDP WATER CONSTRUCTION” (sobiq “Rezaksoy suv qurilish”) UK ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan),
I. Kattabekov (“Odam dubl” MChJ rahbari lavozimida ishlagan),
O`. Xamraev (“Omad dubl” MChJ bosh muhandisi lavozimida ishlagan),
Sh. Mamirov (“Omad dubl” MChJ ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan),
S. Muroduloev (“Sariosiyo qurilish” MChJ direktori lavozimida ishlagan),
A. Murodullaev (“Sariosiyo qurilish” MChJ direktori o`rinbosari lavozimida ishlagan),
F. Maxmudov (“Trans servis kompleks” MChJ direktori lavozimida ishlagan),
Z. Jabborov (“Trans servis kompleks” MChJ direktori o`rinbosari lavozimida ishlagan),
Sh. Kuchkarov (Suv xo`jaligi vazirligi Suv resurslari vasuvdan foydalanish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan),
F. Danaboev (“Sardoba” suv ombori ob`ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig`i lavozimida ishlagan) va
S. Kaxxorov (“Sardoba” suv ombori ob`ektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi bosh muhandisi lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog`liq bo`lganligi sababli Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko`rib chiqildi.
E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra,
M. Xolmatov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi (tog`-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.
S. Rudnev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o`tash belgilandi.
S. Abdunazarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o`tash belgilandi.
B. Asadov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o`tash belgilandi.
L. Tojiddinov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog`i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o`tash uchun 125 225 000 so`m jarima jazosi qoldirildi.
K. Ro`ziev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 296 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o`tash uchun 97 540 000 so`m jarima jazosi qoldirildi.
A. Shukurov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 70 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o`tash uchun 125 225 000 so`m jarima jazosi qoldirildi.
I. Kattabekov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazolari tayinlandi.
O`. Xamraev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Mamirov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
S. Muroduloev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
A. Murodullaev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
F. Maxmudov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
Z. Jabborov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 258-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 so`m jarima jazosi tayinlandi.
Sh. Kuchkarov Jinoyat kodeksining 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida 22 300 000 so`m jarima jazosi tayinlanib, dastlabki qamoqda saqlangan 126 kuni Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida tayinlangan jazodan chegirilib, o`tash 6 865 000 so`m jarima jazosi qoldirildi.
F. Danaboev Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyalarda o`tash belgilandi.
S. Kaxxorov Jinoyat kodeksining 203-moddasi va 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga o`tash uchun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog`liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sudlanuvchilardan o`zlashtirish va rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish oqibatida hamda “Sardoba” suv ombori o`pirilishi natijasida etkazilgan zararlarni undirish choralari belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari va fuqaroviy da`vogarlarga jinoyat oqibatida etkazilgan moddiy va ma`naviy zararni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik ishlari bo`yicha sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.