AsosiySport

Buffon «Yuventus»ni tashlab ketmoqchi

'Buffon «Yuventus»ni tashlab ketmoqchi'ning rasmi

«Yuventus» klubi darvozaboni Janluiji Buffon mavsum yakunida Turin jamoasini tark etishini e`lon qildi.

«Mavsum yakunida «Yuventus»ni tark etishga qaror qildim. Shartnoma uzaytirilmaydi. Faoliyatimni yakunlayman yoki boshqa klub topaman. Jamoaga borimni berib bo`ldim, degan fikrdaman. «Yuventus»dagi davrim tugadi», - deydi 43 yoshli darvozabon beIN Sports bilan suhbatda.

Eslatib o`tamiz, Buffon 2001-2018 yillar davomida «Yuventus» safida to`p surib, 2019 yil bir mavsum «PSJ»ga ijaraga berilgan va yana Italiyaga qaytgandi.

Ma`lumot uchun, Buffon A Seriya joriy mavsumida 7 o`yinda maydonga tushgan.

    Boshqa yangiliklar