AsosiySport

Petr Chex jarohat oldi, u muhim o`yinni o`tkazib yuboradi

Londonning “Arsenal” jamoasi posboni Petr Chex “Suonsi”ga (1:2) qarshi Angliya chempionati 28-turida jarohat olganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda “to`pchilar” bosh murabbiyi Arsen Venger ma`lum qildi. 

- Petr Chex o`yinning ohirida jarohat oldi. Chexiyalik “Tottenxem”ga qarshi o`yinda maydonga tusha olmaydi. Bo`lajak o`yinda men David Ospinaga ishonch bildiraman, - deydi fransiyalik murabbiy.

Eslatib o`tamiz, “Tottenxem” - “Arsenal”  uchrashuvi 5-mart kuni, Toshkent vaqti bilan 17:45 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar