Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu orzusidangi gol haqida gapirib o`tdi. Portugaliyalik 11 futbolchini aldab o`tgan holda gol kiritmoqchi.
- Hozirgi darajaga etishim uchun ko`p mehnat qildim. Iqtidorning o`zi kifoya emas. Erishgan yutuq va natijalarim zamirida og`ir mehnat yotibdi. Men ko`plab chiroyli gollarni kiritganman. Orzuim esa o`yinlardagi kabi 11 futbolchini aldab, gol kiritish. Hayotda bunday gol kiritish qiyin, — deydi portugaliyalik futbolchi.
Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 27 o`yinda jami 24 ta gol kiritgan. Shuningdek, uning hisobida 9 ta golli pas mavjud.





