12-maydan boshlab Nur-Sulton va Olmaota aeroportlarida AShYQ loyihasini sinov rejimida amalga oshirish boshlandi. Bu haqda Uzbekiston Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda yo`lovchilar aeroport terminal binosiga pasport raqamlaridan foydalangan holda AShYQ mobil ilovasidagi QR kodini skanerlash orqali tekshirilib, so`ng kiritiladi. Quyidagi yo`lovchilar uchun terminallarga kirish ruxsat etilmaydi:
“Sariq” holatdagi — ma`lumotlar bazasida koronavirus yuqtirgan odam bilan aloqada bo`lgan yo`lovchilar;
“Qizil” — COVID-19 ga topshirilgan testi musbat javob olgan yo`lovchilar.
Shu munosabat bilan, Uzbekistan Airways yo`lovchilarga AShYQ dasturini oldindan o`rnatish, o`z vaqtida ro`yxatdan o`tish uchun aeroportlarga ertaroq etib kelishni tavsiya etmoqda.
Ma`lumot uchun, AShYQ — bu jamoat joylarida tashrif buyuruvchilarni ro`yxatdan o`tkazish uchun dastur bo`lib, uning foydalanuvchisi maxsus QR kodini skanerdan o`tkazadi va uni obektga kiraverishda administratorga taqdim etadi. Kod tashrif buyuruvchining maqomini belgilaydi. Ushbu maqom PCR tadqiqotlarining yagona integrasion portali va Sog`liqni saqlash vazirligining COVID-19 boshqaruv markazining axborot tizimlari bilan kelishuv asosida belgilanadi.ning matbuot xizmati xabar bermoqda.






