AsosiyDunyo

Bugun xalqaro oila kuni

'Bugun xalqaro oila kuni'ning rasmi

15 may jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) bo`lib, ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20 sentyabrdagi Xalqaro oila yili to`g`risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994 yilning 15 mayidan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, 15 may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo`ylab keng nishonlanishi belgilangan.

Xalqaro oilalar kunini o`tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog`liq muammolarga qaratishdir.

    Boshqa yangiliklar