O`zbekiston milliy terma jamoasi hamda Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov o`zbek OAV vakillari orasida o`tkazilgan so`rovga ko`ra, O`zbekistonning 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Krasnodar” klubi a`zosi o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, mazkur sovrin uchun kurashda yaqin ta`qibchilari Qatarning “Al Jaish” klubida to`p surayotgan Sardor Rashidov hamda o`tgan mavsum yakunlariga ko`ra “Paxtakor” safida O`zbekiston chempionati oltin medalini qo`lga kiritgan Igor Sergeevni ortda qoldirdi.
Ta`kidlash lozim, ayni damda Rossiyaning “Krasnodar” safida to`p surayotgan Ahmedov uchun mazkur sovrin faoliyatidagi to`rtinchi shunday sovrin hisoblanadi. Bungacha, Ahmedov 2009, 2011 hamda 2014 yillarda O`zbekistonda yil laureati bo`lgan edi.
OAV vakillari ovoziga ko`ra O`zbekistonning eng yaxshi futbolchilari kuchli uchligi:
Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya) – 50 ochko
Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar) – 32 ochko
Igor Sergeev (“Paxtakor”, O`zbekiston) – 21 ochko





