«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriyaning 37-turidan o`rin olgan «Inter» (3:2) bilan o`yindan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
«To`p uchun kurashish istagi mavsumning qolgan o`yinlarida ham bo`lishi kerak edi. Agar boshidan shunday harakat qilganimizda, hozirda kuchli to`rtlik uchun kurash olib bormayotgan bo`lardik. Xatolarimiz juda ko`p edi.
Mavsum davomida tez-tez bizga nima etishmayotgani haqida savol berdik. Ichkarida olov yo`q edi. Uni yana yoqishimiz kerak edi. Yigitlar muhim bahslarda hamma narsa qilishlari mumkinligini isbotladilar.
Bizda tarkib yaxshi. O`sish va muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyat bor.
Ronaldu zaxiraga olinganidan birinchi bor xursand bo`ldi. Bizda bir o`yinchi kam edi va bu himoyaga ta`sir ko`rsatardi. Krishtianu kiyinish xonasida xursand ko`rindi va jilmayib turardi», – deya Pirloning so`zlarini keltiradi Sky Sport Italia.






