1

"Anvar" filmi xalqaro festivalda ishtirok etadi

Madaniyat 16.05.2021, 20:13
"Anvar" filmi xalqaro festivalda ishtirok etadi

Kinematografiya agentligi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Anvar” qisqa metrajli filmi “Pusan” xalqaro bolalar va yoshlar kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda UzA ma`lum qildi.

Joriy yilning 5-12 iyul kunlari Koreya Respublikasida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan kinofestivalda Osiyo mintaqasidan yosh kinorejissyorlarning ilk kinoloyihalari namoyish etiladi va mutaxassislar tomonidan baholanadi.

“Anvar” qisqa metrajli filmi Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilgan “Debyut-2020” yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan 18 ta filmdan biri.

Filmda Anvar ismli bolakayning kasalmand yotgan buvisi bilan mehrga to`la iliq munosabati ko`rsatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1