AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 658 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati aniqlandi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 658 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati aniqlandi'ning rasmi

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 658 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  

  • 162 million 177 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  
  • shundan 3 million 364 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.05.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 17:02 holatiga ko`ra).  

 

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 658 585 yangi holati aniqlandi.

  • ️12 034 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

  • 163 million 072 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  
  • ulardan 3 million 379 mingdan ortig`i vafot etgan.

 

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 32,574 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (24,684 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (15,519 milliondan ortiq),  
  • to`rtinchi o`rinda Fransiya (5,769 milliondan ortiq),  
  • beshinchi o`rinda esa Turkiya (5,106 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 40 431, Hindistonda 311 170, Braziliyada 85 536, Fransiyada 15 685, Turkiyada esa 11 472 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

JSSTga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 264 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar