1

Yosh kinorejissyorlarning filmlari xalqaro festivallarda ishtirok etmoqda

Madaniyat 17.05.2021, 12:44
Yosh kinorejissyorlarning filmlari xalqaro festivallarda ishtirok etmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi» DUK tomonidan suratga olingan, «Debyut-2020» yoshlar kinoalmanaxidagi 18 ta filmlardan biri bo`lgan «Chana» qisqa metrajli filmi «Svet miru» xalqaro yoshlar kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.  

Mazkur kinofestival joriy yilning 1-5 iyun kunlari Rossiyaning Yaroslavl shahrida bo`lib o`tadi. Festivalga Rossiya, O`zbekiston, Armaniston, Hindiston, Turkiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlardan yosh rejissyorlarning kinoloyihalari qabul qilinadi.  

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Suxrob Qodirov, postanovkachi operator Nortoy Yo`ldoshev, rassom Alisher To`laboev, kompozitor Ubaydullo Karimov, ikkinchi rejissyor Dilshod Usmonov, badiiy rahbar Shuhrat Rizaev.

Ma`lumot uchun, avvalroq yosh kinorejissyor Shohjahon Subxonovning “Anvar” qisqa metrajli filmi Janubiy Koreyada o`tkaziladigan “Pusan” xalqaro bolalar va yoshlar kinofestivalida ishtirok etishi haqida xabar qilingandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1