Kanadaning Toronto shahrida noma`lum shaxs odamlarni o`qqa tutgan. Oqibatda 28 yoshli erkak vafot etdi, yana uch erkak otishmadan keyin jarohatlari sabab kasalxonaga joylashtirilgan.
«Erkak mashinadan tushib, o`q otishni boshlagan. Besh kishi o`qotar quroldan jarohatlangan. Ulardan biri olgan jarohatlari tufayli vafot etgan», deyiladi xabarda.
Polisiyaning qo`shimcha qilishicha, qurollangan shaxs qora mashinada jinoyat joyidan qochishga muvaffaq bo`lgan.






