1

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida Muhammad Yusuf haqidagi filmning suratga olish ishlari bo`lib o`tmoqda

Madaniyat 18.05.2021, 12:21
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida Muhammad Yusuf haqidagi filmning suratga olish ishlari bo`lib o`tmoqda

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda “Ijod” studiyasi tomonidan “Muhammad Yusuf: Ulug`imsan Vatanim!” badiiy-publisistik hujjatli filmining suratga olish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Film ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqo`ziev, postanovkachi operator Rixsibek Shermuxammedov, badiiy rahbar Ibrohim Yuldashev.

Ijodiy guruh shoirning talabalik yillari epizodlarini O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida suratga olishdi. Unda institutning mahoratli talabalari ishtirok etishdi. Filmda Muhammad Yusufning lirik she`rlaridan parchalar va xonandalarning mashhur qo`shiqlaridan foydalanilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1