AsosiyJamiyat

Chirchiqdagi yoshlar festivalida nazoratsiz qoldirilgan 180 nafar bola yaqinlariga qaytarildi - IIBB

'Chirchiqdagi yoshlar festivalida nazoratsiz qoldirilgan 180 nafar bola yaqinlariga qaytarildi - IIBB'ning rasmi

16 may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3 kun davom etgan «Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik festivali» yakunlandi. Tadbirda viloyatning 22 ta shahar-tumanlaridan 181 ming nafar yoshlar faol ishtirok etdi.Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Ushbu tadbirni xavfsiz va munosib o`tkazish uchun Toshkent viloyati IIBB boshchiligida hamkorlikdagi tashkilotlarning 3 ming nafardan ortiq xodimlari 3 kun mobaynida tun-u kun xizmat qildi.

Fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida tashkil qilingan «102» jamoat maskaniga, festival davomida adashib, nazoratsiz qolgan 174 nafar voyaga etmagan bolalar IIB xodimlari tomonidan jamoat maskaniga olib kelinib, ota-onasiga sog`-salomat topshirildi.

Festival yakuniga qadar hech qanday ko`ngilsiz hodisalar yuz bermadi va tadbirning ko`tarinki kayfiyatda o`tishi ta`minlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar