O`zbekiston Milliy Terma Jamoasining Jahon Chempionati - 2022 saralash bahslari uchun kengaytirilgan tarkibi e`lon qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi. Kengaytirilgan ro`yxatdan jarohati bois Oston O`runov hamda Jasurbek Yaxshiboevlar tushib qolishdi.
Xabaringiz bor, shu yil iyun oyida futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionati hamda 2023 yilgi Osiyo kubogi qo`shma saralash bahslarida ishtirok etadi. Mazkur o`yinlar Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir shaklida tashkil etiladi. Unda O`zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi to`p tepadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov rasmiy o`yinlar oldidan o`tkaziladigan yig`inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e`lon qildi. Dastlab reja qilingan futbolchilardan jarohati sabab Oston Urunov, Jasurbek Yaxshiboevlar yig`inda ishtirok eta olmaydigan bo`lishdi.
Legionerlar o`z birinchiliklaridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda terma jamoa ixtiyoriga kelib qo`shiladi. Yig`inlar natijasiga ko`ra Saudiya Arabistoniga boradigan yakuniy ro`yxat taqdim etiladi.
Darvozabonlar: Abduvohid Ne`matov («Nasaf»), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Ravshanbek Yagudin («Bunyodkor»);
Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Farrux Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Ibrohimxalil Yo`ldoshev (barchasi «Paxtakor»), Islom To`xtaxo`jaev («Qizilqum»), Sanjar Qodirqulov, Islom Qobilov (ikkisi «Lokomotiv»), Rustam Ashurmatov («Kanvon», Janubiy Koreya), Oleg Zoteev (“Chonnam Dragons”, Janubiy Koreya), Murod Xolmuhammedov («Qo`qon-1912»), Azim Ahmedov («Navbahor»), Umar Eshmurodov («Nasaf»);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Changjou», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov (ikkisi “Shabob al-Ahli”), Ikrom Aliboev («Daejon», Janubiy Koreya), Jamshid Iskandarov («Sonnam», Janubiy Koreya), Lutfulla To`raev («Bunyodkor»), Vagiz Galiulin («Neftximik», Rossiya), Hojimuhammad Erkinov, Abror Ismoilov, Sharof Muhitdinov (barchasi «Paxtakor»), Husniddin G`ofurov, Sanjar Shoahmedov (ikkisi AGMK), Doston Hamdamov («Hatta», BAA), Javohir Qahramonov, Iskandar Shoyqulov («So`g`diyona»), Oybek Bozorov («Nasaf»);
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Jenoa», Italiya), Shahzod Ubaydullaev (“Shaxtyor Soligorsk”, Belarus), Temurxo`ja Abduxoliqov («Lokomotiv»), Igor Sergeev («Aktobe», Qozog`iston), Farrux Ikromov («Bunyodkor»), Shoxruz Norxonov («So`g`diyona»).
Yig`in so`ngida 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro`yxat shakllantiriladi.






