1

Tojikistonda “O`zbek kinosi kunlari”: Ӯzbekiston kinoijodkorlari delegasiyasining Dushanbega tashrifi boshlandi (foto)

Madaniyat 19.05.2021, 10:40
Tojikistonda “O`zbek kinosi kunlari”: Ӯzbekiston kinoijodkorlari delegasiyasining Dushanbega tashrifi boshlandi (foto)

Avval xabar qilganimizdek, Tojikiston Respublikasida 2021 yilning 19-22 may kunlari “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tishi kutilmoqda.

Mazkur anjumanda ishtirok etish uchun Ӯzbekiston kinoijodkorlari delegasiyasi Dushanbe shahriga etib keldi. Guruh tarkibida Ӯzbekiston xalq artistlari Xayrulla Sa`diev, Tesha Mӯminov, Ӯzbekistonda xizmat kӯrsatgan artist Tohir Saidov, Ӯzbekistonda xizmat kӯrsatgan madaniyat xodimi Jahongir Ahmedov kabi taniqli kino arboblart bor.

O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligidan ma`lum  qilishlaricha, mazkur anjumanda tojikistonlik muxlislarga o`zbek kinoustalari tomonidan yaqinda suratga olingan “Ilhaq”, “Rangsiz tushlar”, “Xalq yuragi”, “Hamkorlik bo`yicha navbatchi”, shuningdek o`zbek kinosi nodir durdonalariga aylangan “Kelinlar qo`zg`oloni”, “Sirli sandiq” singari filmlar namoyish qilinadi.  

“O`zbek kinosi kunlari”ning ochilishi 19 may kuni kech soat 19.00 da Dushanbe shahridagi “Navro`z” saroyida bo`lib o`tadi. Anjuman dasturidan  o`zbek kinoijodkorlari bilan uchrashuvlar, o`zaro hamkorlik loyihalari, tarixiy obidalarga sayohat va boshqa ko`ngilochar tadbirlar o`rin olgan.  

Shuningdek, mazkur anjuman doirasida O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish Butunjahon jamiyatining maxsus loyihasi – “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidan chop etilgan kitob-albomlarning ham taqdimoti o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1