Moskvada "Mevazorlik ayol" filmining namoyishi bo`lib o`tadi
21 may kuni Moskvadagi Tretyakov galereyasida taniqli rejissyor Ali Hamroevning tavallud ayyomi munosabati bilan "Triptix" ("Mevazorlik ayol") filmining namoyishi bo`lib o`tadi. Film namoyishi O`zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda.
Filmda o`zbek ayollarining taqdiri haqida hikoya qilinadi. Hikoya markazidan turli xil yoshdagi va har xil xarakterga ega uch ayolning obrazi o`rin olgan, ularning taqdiri orqali sovet hokimiyati yillarida o`zbek ayollari hayotida yuz bergan ijtimoiy va ma`naviy o`zgarishlarni kuzatish mumkin.
Ta`kidlab o`tish lozimki, Ali Hamroevning "Triptix (Mevazorlik ayol)" filmi 1980 yilda o`tkazilgan San-Remo xalqaro festivalida Gran-pri g`olibi bo`lgan.






