AsosiySport

Toshkentda taekvondo ITF bo`yicha o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkaziladi

'Toshkentda taekvondo ITF bo`yicha o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq taekvondo ITF bo`yicha o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida “Tul” va “Seldefens” yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkaziladi. Musobaqa shu yil 22-23 may kunlari Toshkent shahridagi “Mirobod” sport majmuasida tashkil etiladi.

Chempionatda ishtirokchilar taekvondo ITFning shaxsiy “Tul”, “Seldefens” va jamoaviy “Tul” yo`nalishlari bo`yicha o`zaro bahslashadi.

Turizm va sport vazirligi hamda O`zbekiston taekvondo ITF milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkaziladigan ushbu musobaqada 570 nafardan ortiq sportchi g`oliblik uchun kurash olib borishadi. Musobaqada terma jamoa a`zolari yana bir bor ko`rikdan o`tkazilib, iqtidorli sportchilar 2021 yil dekabr oyida Belarusning Minsk shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan XXII jahon chempionatiga saralab olinadi.

    Boshqa yangiliklar