AsosiySport

«Bayer»ga yangi bosh murabbiyi tayinlandi

'«Bayer»ga yangi bosh murabbiyi tayinlandi'ning rasmi

Germaniyaning «Bayer» klubi yangi mavsumni qaysi murabbiy qo`l ostida boshlashini e`lon qildi. Bu haqda Livesport ma`lum qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, Leverkuzen klubi Xerardo Seoane bilan kelishuvga erishgan. Shveysariyalik 42 yoshli murabbiy bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolangan.

Ma`lumot uchun, Xerardo 2018 yildan hozirga qadar «Yang Boyz» jamoasini boshqargan va ketma-ket uch yil davomida «Yang Boyz» bilan Shveysariya chempioniga aylangan. 

Eslatib o`tamiz, Leverkuzen klubi mart oyi yakunida niderlandiyalik Peter Boshni iste`foga chiqargandi. Klub Bundesliga 33-turidan keyin 52 ochko bilan turnir jadvalida 6-o`rinni egallab turibdi.

    Boshqa yangiliklar