AsosiyDunyo

Antarktidadan dunyodagi eng katta aysberg ajralib chiqdi

'Antarktidadan dunyodagi eng katta aysberg ajralib chiqdi'ning rasmi

Ayni paytda dunyodagi eng yirik aysberg A-76 Antarktidadan ajralib chiqqan. Bu haqda "Meteoweb" portali sun`iy yo`ldosh ma`lumotlariga asoslanib xabar tarqatdi.

Ulkan muz qoyasining uzunligi 170, eni 25 kilometrni tashkil etadi. Uning maydoni 4320 kvadrat kilometrga teng bo`lib, buni Ispaniyaning Malorka orolining hududi bilan taqqoslash mumkin.

Ta`kidlanishicha, A-76 Ueddell dengizi, Filchner-Ronne muzligining g`arbiy qismidan ajralib chiqqan. 

Aysbergning ajralib chiqishi Buyuk Britaniyaning Antarktika tadqiqotlari xizmati tomonidan aniqlangan va AQSh Milliy muz markazi "Copernicus Sentinel-1" missiyasi tasvirlari yordamida tasdiqlangan.

Joriy yilning 27 fevral kuni Antarktidadan Rossiyaning Sankt-Peterburg hududi bilan taqqoslanadigan 1270 kvadrat kilometr o`lchamdagi aysberg ajralib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

    Boshqa yangiliklar